Хуршид Даврон ва Иброҳим Ҳаққул «Оқшом гурунглари»да… (2-қисм)
Xurshid Davron va Ibrohim Haqqul Alisher Navoiyga bag’ishlangan «Oqshom gurunglari»ida — 1 qism
Published on 9 Mar 2014
Xurshid Davron va Ibrohim Haqqul Alisher Navoiyga bag’ishlangan «Oqshom gurunglari» teleloyihasida — 1 qism (2014 yil,fevral)i
SUHBAT ISHTIROKCHILARI HAQIDA MA’LUMOT
— Ibrohim Haqqul Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida tug’ilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyat tadqiqiga bag’ishlangan «Badiiy so’z shukuhi», «Zanjirband sher qoshida», «She’riyat — ruhiy munosabat», «Abadiyat farzandlari», «Tasavvuf va she’riyat», «Taqdir va tafakkur», «Navoiyga qaytish», «Meros va mohiyat» kabi
kitoblari chop etilgan. Olimning ayrim maqola va kitoblari turk, uyg’ur, ozarbayjon, tojik va rus tillariga tarjima qilingan. Ko’p yillardan buyon Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritadi.
— Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlog’ida tavallud topgan. Toshkеnt universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969).
Dastlabki shе’rlar to’plami — ‘Qadrdon quyosh’ (1979), ‘Shahardagi olma daraxti’ (1979). Keyinchalik ‘Tungi bog’lar’ (1981), ‘Uchib boraman qushlar bilan’ (1983), ‘To’marisning ko’zlari’ (1984), ‘Bolalikning ovozi’ (1986), ‘Qaqnus’ (1987) va ‘Bahordan bir kun oldin’ (1997) kabi she’riy to’plamlari nashr etilgan.
Xurshid Davron 90-yillarda shе’riyatdan ko’ra nasriy janrlarda samarali ijod qildi, ‘Bibixonim qissasi yoki tugamagan doston’ (1990), ‘Samarqand xayoli’ (1989), ‘Sohibqiron nabirasi’ (1995), ‘Shahidlar shohi yoki Shayx Kubro tushlari’ (1998) kabi tarixiy-ma’rifiy qissa va ‘Alg’ul’ (1995), ‘Sog’inch’ (1996) pyesalarini yaratdi.
Sharq va G’arb shoirlarining asarlaridan iborat ‘Qirq bir oshiq daftari’ (1989) va yapon shoirlarining shе’rlaridan tarkib topgan ‘Dеngiz yaproqlari’ (1988) to’plamlarini o’zbеk tiliga tarjima qilgan.
-
Category