"Дунё ўзбеклари" сайтини энди телефонда, планшетда ва комьютерда ихчам мобиль версияда кўришингиз мумкин: [fdx-switch-link]
  • Асосий
  • Ассалому алайкум!
  • Муаллиф ҳақида
  • МАҚОЛА ВА ФОТОСУРАТЛАР ЖЎНАТИШ

MXX ning O`zbekiston oliy o`quv yurtlarini nazorat qiluvchi boshligiga

Инсон ва қонун, Муҳаррир танлови, Муҳокама учун мавзу | 08/08/2013 21:53-     11389 марта ўқилди

 

пора

 O’zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi ko`zbo`yamachiliklar haqida maktub 

2013 yil 15-26 iyul kunlari O’zbekiston Prezidentining 1971-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq O’zDJTU o’qituvchi professorlari va rahbar xodimlari attestatsiyadan o’tkazildi.

Ayrim kishilar bu attestatsiyadan ko’p narsa kutgan edi. Ammo attestatsiya kutilgandek natija bermadi. Universitetda o’ta poraxo’r o’qituvchilar qolib, o’z ishining ustasi bo’lgan, halol murabbiylar attestatsiyadan o’ta olmadi.

Kimningdir protokolga mos ravishda kiyinmagani uchun o’rtoq vazir B.Hodiyev stolni urib baqirib haydagan bo’lsa, ba’zi ayollarni chiroyli kiyingani uchun «Bu ayolga mansab berish kerak» yoki «o’rnak olinglar» kabi maqtovlar bilan siyladi.

Ba’zi o’qituvchilarga ixtisosligi to’g’ri kelmagani uchun «o’zingizga boshqa joydan ish izlang» kabi so’zlar aytilgan bo’lsa, ba’zi kafedralarda 10 ga yaqin o’qituvchi ixtisosligi to’g’ri kelmasada attestatsiyadan silliq o’tdi.

Universitetda umri mobaynida 1 bet material tayyorlamagan domlalardan ilmiy faoliyat umuman so’ralmadi, lekin yillar mobaynida ilmiy jarayon bilan hamnafas yashab kelayotganlar, yilida bir necha kitob chiqarayotganlar kaltak ostiga olindi.

Bu holatlarni ko’rib Prezident qarorida ta’kidlangan «qat’iylik va prinsipiallik» buzilmadimikan, deb o’ylab qolasan kishi.

Attestatsiya natijalriga ko’ra 130 dan oshiq o’qituvchi professor ko’chada qoldi, shundan 50 ga yaqini yoshlar hisoblanadi.

Respublikada ishsizlikka qarshi jiddiy kurashilayotgan bir davrda, jamiyatdan norozi oliy ma’lumotli ishsizlar guruhini yaratish to’g’rimikan?

Chet tillariga ixtisoslashgan oliy o’quv yurti bo’lganligi sababli ba’zi o’qituvchi til o’qitish markazlarida faoliyatni davom ettirishni maqsad qilgan bo’lsa, ba’zilari esa chet el loyihalarida qatnashish, hattoki bozorda savdogarlik qilish maqsadlarini bildirdilar.

Ba’zi domlalar esa najot istab universitet xodimlar bo’limi boshlig’i Rasuljon Fozilovning eshigi oldida ko’p sonli navbatni tashkil etib turishibdi. R.Fozilov ko’p yillardan beri universitetda kadrlar masalasini boshqarib keladi.

2007-2013 yillar mobaynida Universitetni boshqargan A.Ismailov (2013 yil 1 avgustida og’ir xastalikdan vafot etdilar) davrida kadrlar masalasini o’z qo’liga olib, universitetda mahalliychilik va qarindosh urug’chilikni rivojlantirishga katta hissa qo’shdi.

U bir necha kafedra mudirligi, fakultet dekanligi lavozimiga o’z yaqinlari ya’ni Farg’ona vodiysidan bo’lgan xodimlarni tayinladi.

Misol uchun ko’p yillar texnik xodim sifatida ishlab kelgan H.Hakimov ingliz tilini umuman bilmasada bir amallab nomzodlik ishini yo’qlab R.Fozilov yordamida dekan lavozimiga tayinlandi.

Ko’p vaqt o’tmasdan ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor o’rni bo’shaganda hech kim kutmagan holda H.Hakimov bu lavozimga tayinlandi.

R.Fozilov o’qituvchilarni ishga qabul qilish jarayonida pora sifatida 100-200 AQSH dollari olishini ahyon ahyonda eshitib qolamiz, lekin davlat granti asosida o’qib bakalavriyatni tugatgan talabalarga belgilangan 3 yil muddat to’lmasdan oldin diplom olishlari uchun 400-1000 AQSH dollari miqdorida pora olishi ayni haqiqatdir.

Ayniqsa oxirgi davlat attestatsiyasidan so’ng ku kimsaning hamyoni yana qappayadigan bo’ldi.

Universitetda ikki katta guruhning ta’siri juda yuqori sanaladi. Biri R.Fozilov boshchiligidagi »VODIY» guruhi, ikkinchisi o’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlab sog’ligi tufayli ishdan bo’shagan N.Ortiqov asos solgan «XORAZM» guruhidir.

Kecha kungacha universitetdagi 8 fakultetdan 3 tasida xorazmliklar, 3 tasida vodiyliklar rahbarlik qilishgan. Qolgan 2 fakultetning birida latifa aytishdan nariga o’tmaydigan bo’sh, ikkinchisida esa manfaatlardan yiroq bo’lgan rahbar faoliyat yuritadi.

Asosiy kontengentni tashkil etuvchi, serdaromad katta fakultetlar 2 guruh tomonidan bo’lib olingan. Oxirgi attestatsiyadan so’ng xorazmliklarning 2 rahbari ishdan olindi, faqatgina sobiq mahkum, ya’ni muqaddam sudlangan T.Madraximov qaysidir xizmatlari tufayli ishida qoldirildi, lekin ko’pchilik uni birinchilardan bo’lib ishdan olinishini kutgan edi.

Universitet o’quv jarayonidagi korruptsion tizim haqida ikki o’qiz so’z.

Universitet talabalarining aksariyat qismini qiz bolalar tashkil etishadi. Qizlar 2-kursda turmushga chiqib 2 yil mobaynida yo darsga kelib yoki kelmay o’qishni tugatishadi.

Har bir semestr 1 talaba uchun kamida 200$ ga ba’zida 1 oy 200$ ga baholanadi. Oxirgi ikki yilda esa bu jarayon juda avj oldi.

Oxirgi paytlarda sessiya yakunida O’rol Yorievning (o’quv bo’limi boshlig’i) eshigi oldida turnaqator talabalar navbati paydo bo’lmoqda.

Biror fandan 4 yoki 3 baho olgan talaba bahoni o’zgartitrishni maqsad qilib, vedomost o’zgartirish uchun navbatda turadi.

Lekin ko’p hollarda vedomost talabaga o’zgatirilmaydi. Ammo o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlariga 10, 20 kerak bo’lsa undan ham ko’p vedomost o’zgartiriladi.

Talaba fandan baho ololmagandan keyin turli usullarni qo’llaydi, ilojsiz qolganda dekan o’rinbosariga murojaat qiladi va albatta buning o’ziga xos bahosi bo’ladi.

O’rinbosar Yoriyev bilan o’ta pinhona, ishonchli aloqaga ega va kelishuv asosida vedomostlar almashtiriladi, baholar qo’yiladi. Bu holat oxirgi yillarda poraxo’rlik darajasining bir necha barobar ortib ketishiga sabab bo’lmoqda.

O’qituvchi ko’rib turadi, u baho qo’ymasa ham albatta baho qo’yiladi va qo’rqmasdan u ham poraxo’rlik yo’liga o’tmoqda. Eng qimmat semestr 3 kursning yozgi semestri hisoblanadi.

Talaba bu semestrda 200 000 dan 400 000 gacha o’rtacha pul sarflaydi. Ba’zi talabalarda bu baho 600, 700 mingga chiqib ketdi.

Ana shunday holatda biz qanday qilib jahon standartlari asosida chet tillarini o’qitadigan murabbiylarni tayyorlashimiz mumkin…

Nafisa Jumaeva,

Toshkent shahri.

Ўхшаш мақолалар:

  1. “ТОШКЕНТДА ШОВ-ШУВ БЎЛАЁТГАН АСАР” МУАЛЛИФИ УСТИДАН “ЖИНОИЙ ИШ” ҚЎЗҒАТИЛГАН
  2. Исмат Хушев: Ёзувчи Ғаффор Хотамовнинг ўғли Улуғбек Хотамов ҳибсга олинган
  3. Юсуф Расул: «Сиз бу мақолангиз билан ўзбек матбуотидаги ўлик сукунатни буздингиз…»
  4. Ўзбекистон Президенти Ислом Каримовга бир гуруҳ ёзувчилар томонидан шикоят…
  5. Гулнора Каримова Президент маслаҳатчиси Хайриддин Султоновни танқид қилди
  6. Малоҳат Эшонқулова: ЎзМТРКда яна тафтиш бошланганмиш…
  7. Amerikada advokatlik xizmatlari qanday ishlaydi?
  8. Янгийўл ҳокимиятида дўппосланган фермер оламдан ўтган
  9. «Дунё ўзбеклари»дан: Исмат Хушев номидан тарқатилаётган вирусларга алоқамиз йўқ!
  10. Ўзбекистон Миллий Университети ректори Ғ.И.Муҳамедов диққатига: Мавсумий қаллоблик…
  11. Ўғлимни пахта даласида уриб ўлдирганлар озодликда юрибди, Ислом Абдуғаниевич!
  12. Истамбулда Россиялик қотиллар қўлга олинган
МАҚОЛАНИ ДЎСТЛАР БИЛАН БАҲАМЛАШИНГ

Leave a Comment

Фақат 500 белгигача рухсат этилади. Мақола ёки хабарларни МАҚОЛА ВА ФОТОСУРАТЛАР ЖЎНАТИШ ёки Биз билан алоқа шакли орқали жўнатинг.

Нажмите, чтобы отменить ответ.