Бош муҳаррирга мактуб: Қизимни ўғирлаб кетишди…
Qizimni o’g’irlashdi
Assalomu aleykum
men Kurbanova Nazokat sizga shuni ma’lum qilamanki u xam bo’lsa men 2007 yil Avezimbetov Usman Yusupbayevich bilan turmush qurdim. O’rtamizda 2 nafar farzand bor bir o’g’il va bir qiz.
To’rtko’l tumani 30-sonli o’rta maktabda ta’lim olayotgan 6-sinfda o’qiydigan 30 may 2008 yilda tug’ilgan Avezimbetov Jaloladdin va 5-sinfda o’qiydigan 24 noyabr 2009 yilda tug’ilgan Avezimbetova Xadicha ismli farzandlarimiz bor.
Karantin yumshatilishi munosabati bilan onlayn darslar ananaviy tarzga o’tishi bilan 2 nafar farzandim xam maktabga qatnay boshlashdi. 20 mart 2020 yil meni va 2 nafar farzandimni oyoqyalang uydan quvib chiqarishgandi.
23 iyul 2020 yil va 8 sentyabr 2020 yil sanalarida joyga kiritish uydan umimiy foydalanish to’g’risida sud bo’lib o’tdi. Bu sud ishlarida menga va farzandlarimga 1 xona ajratib berishdi.
Sudning bu qaroridan alamzada qaynotam va sobiq turmush o’rtog’im aliment to’lamslik va uyga kiritmaslik uchun 14 oktyabr 2020 yil qizim Avezimbetova Xadichani maktabdan chiqishi bilan sobiq qaynotam Avezimbetov Yusuf va sobiq turmush o’rtog’im Avezimbetov Usmon qizimga ruxiy bosim o’tkazib qo’rqitib o’g’irlab ketishgan.
Kecha IIB xodimlari MFY raisi va boshqa mutasaddilar bilan sobiq turmush o’rtog’imning uyiga bordik. Turmush o’rtog’im qizimni uyiga o’g’irlab ketib berishmayapti.
Ichki ishlar xodimlari xam xech narsa qila olishmadi. Iib xodimlari xam prokuratura xam erim tomonga yon bosishmoqda.
Erim va qaynotamning maqsadi uyga kiritmaslik va aliment to’lamaslik bo’layapti.
Iltimos tepadagi mutasaddi raxbarlar IIV va Prokuratura raxbarlari yordam bering!
Qizimni o’zimga qaytarib olishda amaliy yordam beringlar.
Kurbanova Nazokat
«Дунё ўзбеклари» редакция почтасидан
МАҚОЛАНИ ДЎСТЛАР БИЛАН БАҲАМЛАШИНГ
Афсуски, халкимиз маъновияти узгармокда, тугрироги таназзаулга караб кетмокда. Эркаклар уз гурурини, олдидаги эркаклик вазифаларини бажаришни унутиб куйишмокда, аелларимиз эса ибо, хае ва маъсумлик каби нарсалардан воз кечишиб, эркаклик сифатларига даъво килишмокда. Олдинлари оксокол, еши катта кишилар аклли, вазмин булишарди, уларнинг насихатларига кулок тутишарди. Хозирги кунда, кекса кишиларнинг купчилиги узларини еш болалардан баттар тутишмокда. Мазкур вакеада ким айбдор эканлигини аниклаш жуда мушкул, чунки хозир аелни хам, эркакнинг хам касам ичиб айтган гапларига хам ишониб булмайди. Уларга бир маслахат, аклни жойига куйинг, бехуда тортищувлардан воз кечинг, Аллохдан куркинг, аел булсангиз аелликни килинг, эркак булсангиз эркаклик вазифасини бажаринг. Бу дунедан утиб кетаетганингизда фарзандларни кандай тарбиялаганингиз хает фаолиятингизга бахо беради.