Men Xamrayeva Iroda Kamolovna Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashayman.
Yolg’iz onaman 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarim bor.
2015 yil Muborak tumani «Yangi qoraqum «massividan 1 qavatli 3 xonali 6 sotixli namunali uy joyni kridit asosida olganman.
Pudratchi tadbirkor Qaxramon Ochilov uyni sifatsiz, yaroqsiz, yashash uchun xavfli qilib qurib «Uyni qabul qilish va topshirish dalolatnomasiga» mening nomimdan soxta imzo qo’yib yuborgan.
Men bu xaqda barcha tegishli davlat organlariga, Prezident vertual qabulxonalariga, Qurilish vazirligiga, Qashqadaryo viloyati Qishloq qurilish investiga bir necha bor yozma murojaat qildim.
Lekin mening murojaatim qartarib Qashqadaryo Qishloq qurilish investiga o’rganib chiqish uchun yuborilayapdi.
Qishloq qurilish invest esa «Uyni Xamrayeva I.K.ning ukasi Xusainov Ma’rufjon ishtirokida tekshirdik uy yaxshi «degan yolg’on ma’lumot asosida javob xatini jo’natayapdi.
Bu yolg’on malumotni xech kim xech qanday davlat organi tekshirmayapdi, «mening nomimdan qo’yilgan soxta imzoni» xam EKSPERTIZA qilishlarini so’rasamxam xech kim tinglamayapdi.
Pudratchi tadbirkordan ko’p aytib bo’lmaydigan xaqoratlar eshitdim tuxmatlar va po’pisalar» bor qayerga borsang bor xech kim manga xech narsa qilolmaydi «degan so’zlarini eshitib keldim va mana 6 yildirki gaplarini isbotini ko’rib kelayapman.
Men 6 yildan buyon uy uchun kridit to’lovlarini to’layapman lekin uyim yo’q yosh bolalarim bilan ijarada yashab kelayapman.
Namunali uyning kalitlari xalixam tadbirkor Qaxramon Ochilovda. Uyning fundament qismlari yorilib ketgan bo’lib yashash uchun xavfli Sirdaryodagi Sardoba suv omboridek qulaydigan axvolda.
Uyning sifatsiz va yaroqsizligi to’g’risidagi barcha fotorasmlar va video, xujjatlarni taqdim etaman.
Sizlardan iltimos men murojaatimni o’rganib mening uyimni sifatli uyga almashtirilishida amaliy yordam bering
Assalomu aleykum Ismat aka Xushov garchi sizga yo’llagan murojaatim xali xal bo’lmagan bo’lsada murojaatimi tinglaganingiz uchun oldindan raxmat.Shunisigaxam shukur.Ollox sizni O’z panoxida asrasin.
Assalomu aleykum Ismat aka Xushov garchi sizga yo’llagan murojaatim xali xal bo’lmagan bo’lsada murojaatimi tinglaganingiz uchun oldindan raxmat.Shunisigaxam shukur.Ollox sizni O’z panoxida asrasin.