Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan “Zaslavl” davlat qarorgohiga keldi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

Davlat rahbarlari qarorgoh hududini sayr qildi, so‘ng sovg‘alar almashdi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

Lukashenko o‘zbekistonlik hamkasbiga “Belarus” pannosi va milliy ko‘ylak, uning kichik o‘g‘li Nikolay esa zubr haykalchasini taqdim etdi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbariga xokkeychi haykalchasini sovg‘a qildi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

Prezidentlar norasmiy sharoitda suhbat qurdi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

Buning uchun joy sifatida Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoga o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida sovg‘a qilgan o‘yma shiyponcha tanlandi.