Ўзбекистоннинг АҚШдаги собиқ элчиси Бобир Маликов “Америка овози” меҳмони
O’zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi Bobur Malikov @AmerikaOvozi
"Дунё ўзбеклари" сайтини энди телефонда, планшетда ва комьютерда ихчам мобиль версияда кўришингиз мумкин: | ![]() |
O’zbekiston sobiq adliya vaziri, AQShdagi sobiq elchisi, bugungi kunda Davlat departamenti qoshidagi diplomatiya institutida o’qituvchi Bobur Malikov fikricha O’zbekistondagi tub muammolar tuzum tabiatiga borib taqaladi. Korrupsiya va yulg’ichlikka qarshi kurashni qayerdan qanday qilib boshlash mumkin? Avvalo insonda vijdon bo’lishi kerak, deydi arbob, vijdonli avlod yetishtirish kerak. 22 yildan beri vatandan uzoqda yashayotgan odamning O’zbekistondagi vaziyatni baholashga haqqi yoki asosi bormi? O’zbekistonning ilk rahbari Yo’ldosh Oxunboboyevning nabirasi Bobur Malikov bilan muloqotda bir paytning o’zida bir necha mavzuda gap ketdi. Bir-biridan murakkab masalalar va ularning bir-biriga bog’liq yechimlari… O’zbekistonda hukmron tuzum, bugungi jamiyati, xorijdagi muxolifat. Bobur Malikov bu mavzular yuzasidan o’zining qat’iy fikr-qarashlariga ega.