Qachonki uyda menga yarasha ish bo’lsa, oylik maoshim bir oylik xarajatlarimga etib yana ozgina farzandlarimni uyini qurishga, o’qish pulini to’loviga etsa, kiyim kechak sotib olishga etsa, mehmonga yoki to’yga borsam biror sovg’a ushlab borishga etsa, kommunal to’lovlarni xar oyda o’z vaqtida to’lashga etsa, onajonimni ko’rgani borganimda ikkita non va 1 kg go’sht olishga va hokazo xarajatlarni bir oylik maoshim qoplasa qaytamanda.
Men xam yuqorida keltirilgan farzandlar tarbiyasini juda ko’p o’ylayman, mansiz ular nima qilishyapti ekan deb ko’p o’ylayman, xatto sochlarim oqargan sari, endi qariyapman, qanchalik umr ko’raman va qanchalik farzandlarimni kelajagi uchun ularga yaxshi sharoit qilolaman deb ko’p o’ylayman, manimcha bunday o’ylaydigan faqat men emas. Chetda ishlab non topish juda xam azob ish, buni chetta yashab ishlaydigan biladi, chetga chiqmagan bilmaydi.
Uyga qachon qaytamiz?
Qachonki xar bir O’zbekiston fuqarosi o’zini isloh qilib nima yaxshiyu ba nima yomon, nima xalol u nima xaromni anglab yetsa, qachonki hokimlar to’g’ri siyosat yuritib xalq tomon yuzini bursa.
Uyga qachon qaytamiz? Qachonki masjidlarda baralla azonlar aytilsa,masjidlarda barcha yoshdagilarga qur’on o’qishni Islomni o’rganishni ruxsat berilsa, masjidga qo’rqmasdan 5 vaqt namozga bora olinsa
Алижон, биродар! Кичкина чиданг, хаммамиз қайтамиз уйга! Ёшим 60 келди, уйдагиларни роса соғинаман! Тенгдошларим қариялик гаштини суриб юрган эканлар!Бизни мусофирликка мажбурлаган Муртад — кетди, янги Президент реформа қиламан деяпти! Курамиз, сааал сабр қилинг, куз ёшларингизга қушиламан!!# Илоохо туйларда, Узбекистонимизда куришгаймиз!!!