Assalamu alaykum yurtimiz rahbari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev
xozir sizni tashabuslaringiz bilan yurtimizdagi xalqimiz uchun qilinayotgan u’zgarishlar vatanimizni ravnoq topishida xizmat qiladi degan umidaman .
Yana menga tasir qilgan jihati inson tanasiga ruxiy oziqa va badaniga oziqa lozim .Inson tanasiga oziqa yurtimizdagi iqtisodiy u’zgarishlar bilan, ruxiy oziqa Islom diniga erkinliklar odam bolasi uchun muxim xayotdagi omilar .
Meni bu xatni yozishimga turtki bulgan narsa yaqinda yoshlar ittifoqini tuzilishi. Bu narsa jamiyatdagi 10 milliondan oshiq insondi xarakatga keltirishiga jamiyatni rivojlanishiga hissa qushishiga sabab buladi deb uylayman. Men xatimni qisqa qilishga xarakat qilaman yoshlar ittifoqiga u’z fikirlarimdi bildirgan xolda;
Yoshlar ittifoqi Kamolot yoshlar ijtimoyiy xarakatini xatolarini qilmasin ularga ishonib xarakat qilgan yoshlarni qalqon bulib ximoya qilsin.
Men kechagiday tuzulgan Yoshlar ittifoqini deligatlariday biz xam olam olam umidlar bilan kelib Respublikamizdi birinchi rahbarini qullab quvvatlavi bilan tashkil qilgan Kamolao yoshlar ijtimoiy xarakatini tashkil qilgan edik. Usha payita xam Yurt boshimiz yosh tadbirkorlarni yosh fermerlarni va boshqa soxalardagi ilg’or fikirlaydigan yoshlarni qullab quvvatlashni asosiy maqsat qilib quygan va usha Kamoloti raxbarlariga uzi tamonidan yordam bulishini aytgan edi.
Men usha davirda Qashqadaryoda gektaridan 15 -20 tonnagacha meva yetishtirib davlatdan xech qanday yordam olmay rivojlanayotgan yosh fermer edim. Meni Qishloq xu’jaligidagi xarakatlarimdi va qonunlarni puxta egallaganimni va qanday ximoyalanganimni ku’rgan Amerika elchixonasi va xalqaro tashkilotlar tan berib menga fermer xu’jaliklarini rivojlantirish va ularni ximoya qilishga grantlar berishini taklif qilganda, Kamolot raxbariyatini Yurt boshimiz quygan vazifani bajarmagan .
Men afsus qilgan narsam xozirgi Yoshlar ittifoqi rahbariyati Yurtboshimizni ishonchini oqlamagan insonlarni ishlashi eski tos eski tog’ara emasmi.
Meni takliflarim viloyat yoshlar ittifoqiga rahbarlik viloyat xokimini tavsiyasi bilan emas yoshlar orasida tanlov elon qilib Yoshlar ittifoqini markaziy kengashiga u’zlarini shu mansabga saylansam nimalar qila olaman qanday ishlar qilsam viloyat iqtisodiga va jamiyatga foydasi tegadi degan takliflarini markaziy kengashga taklif qilsa.
Shu erda bir gap markaziy kengash a’zolari Yoshlar ittifoqi rahbarini yaqinlaridan emas butun yurtimizdan kelgan ilg’or fikirlaydigan yoshlardan bulsa ular shu takliflarni kurib chiqib yaxshilarini olib viloyat raxbarini tanlashi lozim va boshqa qarorlar xam shunday kengash asosida bulsa maqsatga muofiq buladi Amir Temur bobomiz deb ku’kraka uramiz usha inson xam Payg’ambarim Muhamad alayhisalom sunnati deb bir ish qilaman desa xatto nevarasidan xam surab maslaxat olar ekan.
Xurmatli Shavkat Mirziyoyev shu Yoshlar ittifoqini tuzush bu’icha majlisdagi bir gapingiz juda menga tasir qildi.
-YOSHLAR JOYLARDAGI QANDAY MUOMOLARNI ULAR YAXSHI BILADI DEB.
Juda tu’gri aytdingiz joylardagi yoshlar uzini yashab turgan joyda qanday muomolar borligini shart sharoitlarni biladi,ilg’or yoshlar teran fikirlaydigan yoshlar bu muomalarmi qanday bartaraf qilishni biladi. Meni eng oxirgi muxim taklifim bizni yurtimiz agrar davlat asosiy insonlar qishloqlarda istiqomat qiladi va qishloq xu’jaligida ishlaydi. Shuning uchun joylardagi Yoshlar ittifoqini ma’sul xodimlari qishloq xu’jalika doir davlat qonunlarini biladigan bu’lsa su’zi amaldorlarga utadi.
Ushalar viloyat va rayonlardagi qishloq xu’jaligidagi xosildor erlar xolatiga javob beradiga raxbarlar bilan suxbat qilib davlatimiz chiqargan qonunlardi ularga eslatib. Joylardagi bir zamonlar 40 tonnagacha bergan uzumzorlar 20- 25 tonnagacha olma xosili olingan joylarni yana qayta tiklash borasida ishlar olib borish lozim. Bu misollar bog’lar tanish bilish va poraxurlik yullari bilan olinib yerdi tushunmaydigan insonlar quliga tushub xor bulib yotibdi.
U’zbekiston Respublikasining qishloq xu’jaligidagi unumli erlarni rentabiligini va unumdorligini ishlab turush, unumdorligi pasaysa davlat tamonidan choralar ku’rilishi bu’yicha yozilgan. Misol uchun bir narsani soda qilib tushuntiraman bizni qishloqda 10 ta uzumchilik birigadasi bor edi xar brigadada 70-80 ta yoshlar ishlar edi bu degani bir qishloqda 800 ta inson ishga joylashdi degani uni orqasida traktirchilar, u’lib yotgan zavod ishlaydi ularga ishchi kuchi kerakmi bu narsa ulanib ketaveradi.
Men aytmoqchi bulganim qishloq xujaligidagi yerlar xolatiga javob beradigan masullar bilan joylarda manitoringlar utkazib dalolatnomalar tuzish kerak. U’zbekiston respublikasi qonunlari asosida yerlarni qaytarib olib . yoshlar yyushmasi tuzulib Rassiyada va boshqa davlatlarda yurgan mutaxasislardi chaqirib uz kasbi mutaxasisligi bu’yicha ish bilan taminlash lozim.
Boshqa detallari Yoshlar ittifoqini masullarini ilmi fikirlashi xarakati jonbozligiga bog’liq. Bu takliflarim faqat Qishloq xu’jaligiga oid emas boshqa soxalarda xam u’zgarishlar kiritish lozim va muxim.