"Дунё ўзбеклари" сайтини энди телефонда, планшетда ва комьютерда ихчам мобиль версияда кўришингиз мумкин: [fdx-switch-link]
  • Асосий
  • Ассалому алайкум!
  • Муаллиф ҳақида
  • МАҚОЛА ВА ФОТОСУРАТЛАР ЖЎНАТИШ

Фарзанди туғруқхонада алмашиб қолган ўзбек олимининг мурожаати

Дунё, Инсон ва қонун | 22/02/2017 12:35-     13780 марта ўқилди

FARZANDI TUG’RUQXONADA ALMASHIB QOLGAN O’ZBEK OLIMINING PREZIDENTGA MUROJAATLARI VA KELGAN JAVOBLAR
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi,
Bosh Vazir Sh. M. Mirziyoevga.
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Obid Zokirov ko`chasi, 8-uy, 3-xonodonda doimiy ro`yxatda turuchi (vaqtincha AQSh yashayotgan)
Fizika-matematika fanlari doktori Tulyaganov Sabirdjan Tulyaganovich tomonidan
A R I Z A
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Chorak asrdan beri oilamizni ruhiy iztirobdan ozod etish, haqiqatni yuzaga chiqarish yo`lida qilgan barcha harakatlarim to`siqqa uchradi ( xatto tuhmatga talqin qilinib, jazoga loyiq topildi). Yoshim 73 da. Shu maqsadimni amalga oshirishga umrim yetarmikan, degan havotirda kun o`tkazayapman.
Sizning mustaqil rahbarligingiz kunidan boshlab Respublikada amalga oshirilaboshlangan o`zgarishlar, Vatanimizda xaqchillik va-xalqchillik davri boshlanayotganiga, ko`pchilik qatori, menda ham umid uyg’otdi. Shu umid,  muammoimizni hal etishga yordam so`rab Sizga murojaat qilishga dalda berdi.
Muammoimiz:
 
Sovet Ittifoqi davrida, 1987 yili kenja farzandimiz tug’ruqxonada almashib qolgan. Biologic farzandimizni topishni istaymiz. Biz, aslo, farzandimizning (uni tarbiyalagan) o`z ota-onasiga bo`lgan mehrini yarimta qilish niyatida emasmiz. Maqsadimiz, farzandimizni tanish va unga biologik ota-onasini tanitish. Qolaversa, ideal oilada voyaga yetgan farzand ham biologic ota-onasini bir ko`rishni, ular kimlar ekanini bilishni istashi tabiiy hol. Farzandimizga (u imkon bersa) oqibat ko’rsatish ham orzuimiz. U istamasa, biz uni hech kimga ochiqlamaymiz. Biz bilan muloqatni davom etdirish-etdirmaslik ham, albatta, uning xohishicha bo`lgay.
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Ushbu masalani ijobiy hal qilinishi uchun mutasaddilarga topshiriq berib, shaxsan nazoratga olishingizni so’rayman. (“Ijobiy hal qilinishi” to`g`risida dadil so`rayotganim boisi shundaki, farzandlar almashib qolgani aniq haqiqat. Mutasaddilar uchun bizning biologik farzandimizni topish hech qancha qiyinchilik tug’dirmasligi ham aniq, zero mazkur tug’ruqxonada u kunlar dunyoga kelgan chaqaloqlar barmoq bilan sanarli bo`lgan).
Farzandimizning topilishi, aslida, uni tarbiyalagan oila shanini ham, (farzand ota-onasiga mutlaqo o`xshamaganda) bo`lishi mumkin bo`lgan nohaq shubha-gumonlardan holi etadi.
Voqea tafsiloti:
Kenja farzandimiz (1987 yil 20 mart kuni soat 23 dan 45 minut o’tganda) Toshkent shahri 3-tug’ruqxonasida dunyoga kelgan (almashganidan keyingi tug’ilish kartasida ko`rsatilgan vaqt balki bir kun -yarim kunga farq qilishi mumkin).
Tug`riqxonada bizga taqdim etilgan chaqaloq-qizchamiz Malika ulg`ayaboshlagan sari, onasi Tulyaganova Mukaddam Aripovna (yani, mening turmush o`rtog`im) bot-bot menga, “qizimiz, tug`ruqxonada meni yonimdagi tug`ruq stolida ko`zi yorigan juvonga(ayolga) o`xshab ketayapti-ya”, deydigan bo`lib qoladi. Sirtimda ayolimni yupatsamda, qalbimda u juvon oilasini qanday topishni o`ylar edim. Biroz ehtiyotsiz harakat biologik farzandimiz izini mutloq yo`qotishga olib kelishi mumkinligini fikran his qilar edim.
Nihoyat, 2000 yili avgust oyida, tug`ruqxona arhivida o`sha juvonning tug`ruq kartasini topdim. O`sha juvon- Toshkent shahri, X mavzesi, X-uy, X- xonadonda yashovchi Feridey Salimbayeva ekan(ismi-sharifi o`zgartirildi). Biz tarbiyalayotgan qizimiz Malika, haqiqatan ham Ferideyga (keyinchalik ko`rganim Ferideyning kichik qiziga ham), “quyib qo`ygandek” o`xshash bo`lib chiqdi.
Feridey bilan maslaxatlashish uchun, men va ayolim Feruzaning ish joyiga bordik. Bizning tashrifimiz sababini Feridey sezgan ekan. Biz, — tekshirib ko`raylik, shubhamiz to`g`ri chiqsa, ikkala oila farzandlari ham yana bittadanga oshadi, hozircha qizlarga bildirmaymiz, keyinchalik o`ylab ko`rarmiz, — dedik. Taklifimiz Ferideyga ma’qul tushdi. U, tog`asining o`g`li tug`ruqxonada rus oilasi farzandi bilan almashib qolganini va 22 yoshida o`zi topib kelganini gapirib berdi. Ayollar ertasiga, qizlari bilan birgalikda, uchrashishga kelishib olishdi. Biroq, Feridey uchrashuvga, qizini olib kelmay, ukasi bilan birga kelibdi. Ma’lum bo`lishicha u, eri va akasining bosimi ostida, o`zi tuqqan farzandidan tonishga qaror qilgan ekan.
Men Sobir Rahimov tuman Prokuroriga(ismi-sharifi xotiramda yo`q, lavozimga yangi tayinlangan vaqti ekan) murojaat qildim. Prokuror menga bosim o`tkazdi, bu masalani ko`tarsam meni jazolashi xaqida ogohlantirdi. Mening qat`iyatligim tufayli, odam DNK si bo`yicha sud-biologiya ekspertizasi o`tkazish haqida qaror chiqarishdi. Ammo, ekspertiza jarayonida ham Prokuratura ekspertlarga bosim o`tkazayotgani aniq namoyon bo`ldi. Haqiqatan, biz ekspertiza uchun qon namunalarini 2001 yil 19-martda topshirdik. O`shanda Labaratoriya mudiri fan nomzodi A.A.Ikromov, ekspertiza xulosasi 3 kunda tayyor bo`lishini, ota-onalik va farzandlik xaqida uzil-kesil aniq xulosa berilishini aytdi.
17 kun davomida so`rovimga “xulosa tayyor emas” deb kelishgan bo`lsada, xulosa 2001 yil 29- mart sanasi bilan rasmiylashtirilgan. Chiqarilgan xulosa esa mutlaq noaniq-mujmal edi (uni ilova qilayapman).
Shu yo`sinda, Prokuratura-Sud eshiklaridagi sarsongarchiliklar hech qanday natija bermadi. Bu orada biz, tug`ruqxonada Feridey Salimboyevaga “taqdim qilingan” qizni yetarlicha kuzatishga muvaffaq bo`ldik. U qizda, na tarbiyalayotgan ota-onasiga va na bizga o`xshashlik hech qanday alomat yo`q edi. Yani, bizning biologic farzandimiz  tug`ruqxonada qaysidir 3-oilaga taqdim qilingan bo`lgan.
Nadomatlar bo`lsinki, irsiyotida bo`lgan “Oq qon” hastaligi qizimiz Malikaning taqdiriga ham bitilgan ekan. 2006 yili sentabrda qizimiz “O`tkir miyeloblast leykoz” kasaliga chalingani aniqlandi. Vrachlarimiz horij klinikalariga murojat qilishni tavsiya etishdi. Moskva, Novosibirsk, Germaniya, Hindiston klinikalariga murojaat qildik. Turkiya mutahasisiga konsultatsiyaga olib bordik. Hammalari, TRANSPLANTATSIYA uchun kasalning yaqin qondoshidan DONOR kerak, deyishdi.
Ferideyning oilasiga ta’sir o`tkazishi mumkin bo`lgan biror Hurmatli inson eshitib, donor muammosi hal bo’lsa degan umidda, 2007 yil 29-mart kuni “Himoya –jaroyon” gazetasida, vaziyat tafsiloti bayon qilingan iltijo maqola e`lon qildim. Bu maqola tuhmat tarzida malakalanib, menga “qamoq ehtiyot chorasi” qo`llanildi, sudlandim.
2008 yil qizimizni, davolatish uchun, AQSh ga olib keldik. 2009 yil Malikaga “begona”  Donor “kostniy mozg”ini (qondan ajratilgan) transplantatsiya (o`ta og`ir amaliyot) otkazishdi. Keyingi davolash jarayoni ham uzoq davom etdi. Vrachlar, operatsiya muvaffaqiyatli o`tganini, kasallik qaytalamasligini aytishgan edi. 2014 yil Malikani turmushga bergan edik.
Beshafqat taqdir yozigimi, ming afsuski, Malikaning kasali qaytaladi. Hospital larda doim(navbat bilan) Malikaning yonida bo`ldik. Amerikada medetsina juda qimmat bo`lishiga qaramay, Malikani qutqarish-davolash uchun tibbiyot imkoniyatida bo`lgan hamma chora ko`rildi. Tibbiy muolajalarning barcha harajati ($ 8 million atrofida) Davlat hisobidan qoplandi. Biroq, bu daxshatli kasallik qaytalaganda tibbiyot nochor ekan.
 2015 yil 6-mayda Malika vafot etdi. Qizimizning yaqin qondoshidan DONOR topmaganimiz ham, biz uchun bir umrga armon bo`lib qoldi.
Isbot – dalillar:
 
  1. Tarbiyalagan qizimiz Malikaning ikki suratini va er-xotin ikkitadan yoshlik suratlarimizni ilova qilayapman(1-ilova). Mutahasislar ularni taqqoslab ko`rishsin. So`ngra Malikaning suratini Feridey va uning to`rtinchi qizi suratlariga solishtirib ko`rishsin(ular suratlari “Pasport stoli”da bo`lsa kerak). Bunday qondoshligi taqqoslash o`tkazgan hech bir insonda, biz tarbiyalagan qizimiz Ferideyning biologic farzandi ekaniga shubha qolmaydi. Zero, tug`ruqxonada yonma-yon tug`ruq stolida ko`zi yorigan, mutlaqo begona (erlari tomonidan ham qarindoshligi yo`q bo’lgan) ikki ayoldan birining qizi ikkinchi ayolga “ikki tomchi suvdak” o`xshash bo`lishi mumkin emas.
  1. Yunusobod tuman Prokuraturasida, Feridey Salimbayeva arizasi bo`yicha surishtiruv ishini Prokuror yordamchisi Otabek Qosimov olib bordi. Chaqiriq bo`yicha men uning huzuriga borganimda, qizim Malikaning suratini unga ko`rsatdim. Shunda Otabek Qosimov: “Iye by anavi xotinning(u Ferideyni nazarda tutayotgan edi) xuddi o`ziku. Men Prokurorga ko`rsataman bu suratni, sizga yordam beraman”, dedi. Bu gap Prokuror yordamchisining hotirasida bo`lsa ajab emas. U guvohlik berishi mumkindur, menimcha, u adolatli inson edi.
  1. Odam DNK si bo`yicha sud-biologik ekspertizasi(2-ilova)ni tayyorlagan ekspertlar, Sobir Rahimov tuman Prokurori bosimi ostida ekspertizaning “yakuniy xulosasi”ni noaniq qilib berishgan bo`lsada, biroq ekspertiza xulosasining “Синтезирующая часть”ida (3-,4-betlar): farzand xromosomasi ota-ona xromosomalari birlashishi natijasida hosil bo`lishi, lekin Malikaning FGA lokusi 19/25 alleleydan iborat bo`lib, unda otasiga taaluqli bo`lgan 23/26 alliley nomerlar mavjud emas, … . deb,  aniq-tiniq tushintirishgan.
Yakuniy xulosalarining “mujmalligini” esa, fanda DNK testi  hulosasi 100% aniqlikda emas, balki 99,99999 % aniqlikda aytilishiga keltiriladigan “asos” bilan tushintirishgan.
Men, ayolim tushintirgani bo`yicha, bizning farzandimiz o`sha juvon(Feridey)ning xonadonida, chaqaloqlar tasodifan almashib qolgan, degan yxshi talqinda katta xato qilganman. Tug`ruqxona arhividan o`sha kunlari tug`ilgan boshqa chaqaloqlar adreslarini ham olgan bo`lganimda, albatta o`z biologic farzandimizni allaqachonlar topgan bo`lar edik. Bu xatoimni tushinib yetganimda hamma eshiklar yopilgan edi.
Hurmat ila, Sobir To`laganov.
26.11.2016 yil.
Telefon: 1(267)467-3115.
Мурожат рақами: 113082-s/16
Кўриб чиқаётган ташкилот:
Бош прокуратура
Мақом:
Кўриб чиқилган
Юборилган хатнинг рақами:
15/859-16
Юборилган хатнинг санаси:
2016-12-08
Масъул шахс:
Тошкент шаҳар прокурорининг ўринбосари Ё.Ш.Абдуллаев
Ижрочи:
бўлим прокурори Х.Насиров
Жавоб:
Сизнинг, 26.11.2016 йилда Ўзбекистон Республикаси Бош Вазирининг виртуал қабулхонасига фазандингиз М.Туляганова 1987 йилда туғруқхонада Н.Салимбаева(фамилияси ўзгартирилди) билан алмашиб қолганлиги ва ушбу ҳолатга ойдинлик киритиб беришда амалий ёрдам беришни сўраб, йўллаган мурожаатингиз Тошкент шаҳар прокуратураси томонидан ўрганиб чиқилди.Сизнинг, қизингиз М.Туляганованинг Тошкент шаҳар 3-сонли туғруқхона шифохонасида шифокорлар томонидан алмаштирилганлиги юзасидан берган мурожаатингиз асосида Олмазор (С.Рахимов) туман прокуратураси томонидан терговга қадар текширув ўтказилиб, текширув жараёнида «Х.Сулаймонова» номидаги Республика суд экспертизаси Марказига суд-биология соҳаси бўйича ДНК экспертизаси тайинланган. Марказнинг 29.03.2001 йилдаги хулосасига кўра, 1987 йилда туғилган М.Туляганова, Сиз ва турмуш ўртоғингиз М.Туляганова турмушидан туғилганлиги аниқланганлиги сабабли жиноят иши қўзғатишни рад этиш ҳақида қарор қабул қилинган.Шунингдек, Сиз даъво қилаётган Н. Н.Салимбаевани аслида биологик ота-онаси Ф.Салимбаева ва А.Салимбаевлар(улар фамилияси ўзгартирилди ) эканлиги ҳам «Х.Сулаймонова» номидаги Республика суд экспертизаси марказининг 30.01.2002 йилдаги 406/12 Д-сонли хулосасига асосан ўз исботини топган.Сиз, асосли маълумотларга эга бўла туриб, «Ҳимоя-Жараён» рўзнома тахририятига асоссиз маълумотларни тақдим этганлигингиз юзасидан Юнусобод туман ИИБ ТБ томонидан жавобгарликка тортилиб, 08.10.2007 йилда жиноят ишлари бўйича Юнусобод туман судининг хукмига асосан ЖКнинг 139-моддаси 2-қисми билан айбдор деб топилгансиз. Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда Сизнинг мурожаатдаги сўровингиз асоссизлигини маълум қиламан Мазкур жавобдан норози бўлган тақдирингизда юқори турувчи прокурорга шикоят қилиш ҳуқуқингиз мавжуд эканлигини маълум қиламан.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Obid Zokirov ko`chasi, 8-uy, 3-xonodonda doimiy ro`yxatda bo’lgan (vaqtincha AQSh da yashayotgan)
Fizika-matematika fanlari doktori Tulyaganov Sabirdjan Tulyaganovichdan
Shikoyat ariza
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Prokuratura ( avvalgi Bosh prokuror habari bo`lgan holda) haqiqatni inkor etuvchi yo`l tanlagani nuqtai nazaridan, mening murojaatim bilan avval mas’ul Davlat Maslaxatchingiz tanishib chiqishini iltimos qilaman.
Mening 26.11.2016 sanadagi 113082-s/16 raqamli murojaatimga, Toshkent shahar prokurorining o`rinbosari Yo.Sh.Abdullayev tomonidan 08.12.16 sana bilan 15/859-16 raqamli javob xati yo`llangan.
Javob xatidan anglashilishicha, mazkur javobni tayyorlagan izzatli Prokurorlar:
1). Aniq-tiniq yozilgan murojaatni tushinishmagan;
2). Javob xatlariga asos qilib olishgan 29.03.2001 dagi  957/12 Д raqamli DNK ekspertizasini tushinishmagan.
Isboti
1). Javob xatida shunday deyilgan:
Сизнинг, 26.11.2016 йилда Ўзбекистон Республикаси Бош Вазирининг виртуал қабулхонасига фазандингиз М.Туляганова 1987 йилда туғруқхонада Н.Салимбаева(фамилияси ўзгартирилди). билан алмашиб қолганлиги ва ушбу ҳолатга ойдинлик киритиб беришда амалий ёрдам беришни сўраб, йўллаган мурожаатингиз Тошкент шаҳар прокуратураси томонидан ўрганиб чиқилди.
        Mening murojaatimda quyidagicha yozilgan:
Bu orada biz, tug`ruqxonada Feridey Salimbayevaga(ismi-sharifi o`zgartirildi) “taqdim qilingan” qizni yetarlicha kuzatishga muvaffaq bo`ldik. U qizda, na tarbiyalayotgan ota-onasiga va na bizga o`xshashlik hech qanday alomat yo`q edi. Yani, bizning biologic farzandimiz  tug`ruqxonada qaysidir 3-oilaga taqdim qilingan bo`lgan.
        2). Javob xatida shunday deyilgan:
 «Х.Сулаймонова» номидаги Республика суд экспертизаси Марказига суд-биология соҳаси бўйича ДНК экспертизаси тайинланган. Марказнинг 29.03.2001 йилдаги хулосасига кўра, 1987 йилда туғилган М.Туляганова, Сиз ва турмуш ўртоғингиз М.Туляганова турмушидан туғилганлиги аниқланганлиги сабабли жиноят иши қўзғатишни рад этиш ҳақида қарор қабул қилинган.
Mazkur DNK ekspertizasi 3-betida bunday deyilgan:
 При сравнительном анализе генотипов ребенка и предполагаемого отца (обьект N1) было выявлено, что локус FGA ( см. приложение N4) обьекта N3 (ребенок) состоит из аллелей 19/25, нет номеров аллелей — 23/26, присущих предполагаемому отцу Тулаганову Сабирджану, а по каждому из 9 оставшихся локусов они имеют идентичные номера. Такой результат экспертного исследования не позволяет сформулировать категорические выводы по отношению установления фактов биологического отцовства и материнства.
 
Mazkur DNK ekspertizasi 4-betidagi xulosaning ikkinchi bandida esa quyidagicha deyilgan:
Не исключается рождении Тулагановой Малики 1987 г.р. от совместного брака Тулаганова Сабирджона и Тулагановой Мукаддам.
Hurmat ila, Sobir To`laganov.
02.02. 2017 yil.
Telefon: +1(267)467-3115.
Email: stolaganov87@gmail.com
Мурожат рақами: 47738-s/17
Кўриб чиқаётган ташкилот:
Бош прокуратура
Мақом:
Кўриб чиқилган
Юборилган хатнинг рақами:
15/129-17
Юборилган хатнинг санаси:
2017-02-08
Масъул шахс:
Тошкент шаҳар прокурори Б.Б.Кудратходжаев
Ижрочи:
бўлим прокурори Х.Насиров
Жавоб:
Сизнинг, 02.02.2017 йилда Ўзбекистон Республикаси Президентининг виртуал қабулхонасига йўллаган, Тошкент шаҳар прокуратурасининг 08.12.2016 йилдаги жавоб хатидан норозилигингиз ҳақидаги мурожаатингиз қайта ўрганиб чиқилди.Сизнинг, муқаддам 26.11.2016 йилда Бош Вазирнинг виртуал қабулхонасига йўллаган мурожаатингиз юзасидан шаҳар прокуратураси томонидан маҳкамада мавжуд маълумотлар, шунингдек юқори турувчи органлар томонидан бекор қилинмаган ва қонуний кучга эга бўлган Олмазор тумани прокуратурасининг терговга қадар текширув ҳужжатлари юзасидан қабул қилинган жиноят иши қўзғатишни рад этиш ҳақидаги қарори ҳамда жиноят ишлари бўйича Юнусобод тумани судининг 08.10.2007 йилдаги ҳукми билан биргаликда ўрганиб чиқилиб, жавоб берилган. Шу сабабли, 08.12.2016 йилдаги жавоб хатини асоссиз деб топишга ёки қабул қилинган процессуал ҳужжатларни бекор қилишга асослар мавжуд эмаслигини маълум қиламан.Мазкур жавобдан норози бўлган тақдирингизда юқори турувчи прокурорга шикоят қилиш ҳуқуқингиз мавжуд эканлигини маълум қиламан.
 
 
Prezidentning virtual qabulxonasidan kelgan javoblar tahlili.
F.-m.f.d. Sobir To’laganov
Sh.M.Mirziyoyevga, tug`ruqxonada almashib qolgan biologic farzandimizni topishga yordam so`rab, 26-noyabr 2016 yilda yozgan 113082-s/16 raqamli murojaatimga, Toshkent shahar prokurorining o`rinbosari Yo.Sh.Abdullayev mas`ulligida, ijrochi prokuror X.Nasirov tamonidan 08.12.16 sana bilan 15/859-16 raqamli 1-javob xati yo`llangan.
1-javob xatidan ma’lum bo`lishicha, mening murojaatimni va ilova qilingan hujjatlarni bu ikki prokuror mutlaqo tushinishmagan yoki ataydan o`zlarini tushinmaganga olishgan.
 Bu xaqida isbot keltirib, 2-fevral 2017 yilda, Prezidentning virtual qabulxonasiga 47738-s/17 raqamli 2-shikoyat murojaat topshirdim.
2-shikoyat murojaatimga, Toshkent shahar prokurori B.B.Qudratxodjayev mas`ulligida, yana o`sha ijrochi prokuror X.Nasirov tomonidan 2017.02.08 sanada 15/129-17 raqamli 2-javob xati yo`llandi.
Bu 2-javob xatida, avvalgi gal yuborilgan 1-javob xati o’rinli ekani ma’lum qilingan. Biroq, bu ikkala javobda ham, murojaatimda keltirilgan dalil-isbotlarni birortasiga etibor berilmagan.
Vaholanki, Prezidentimiz shu yil 7-fevralda, prokuratura kuniga bag`ishlangan  yig`ilishda, prokurorlarni inson taqdiriga befarq bo`lmaslikka, ADOLATli bo`lishga chaqirgan edi.
Toshkent shahar prokurori va uning o`rinbosari yo`llagan bu ikki javob xatlarni mutlaqo befarqlik, adolatsizlik namunalari sifatida dalillash mumkin. Ular, Prezidentga yo`llangan murojaatlarni mazmun-mohiyatini tushinmasdan ham javob yozaverish mumkin, deb hisoblashar ekan.
15/859-16 raqamli 1-javob xatida, “Сизнинг,…. фазандингиз М.Туляганова 1987 йилда туғруқхонада Н.Салимбаева(familiya o’zgartirildi) билан алмашиб қолганлиги ва ушбу ҳолатга ойдинлик киритиб беришда амалий ёрдам беришни сўраб, йўллаган мурожаатингиз Тошкент шаҳар прокуратураси томонидан ўрганиб чиқилди.”, deyilgan.
Vaholanki, farzandimiz qayerda ekanini bilsak, bu bizga kifoya edi.
Murojaatimda men, batafsil tushintirishdan keyin, “Yani, bizning biologik farzandimiz  tug`ruqxonada qaysidir 3-oilaga taqdim qilingan bo`lgan.”,deb yozganman.
1-javob xatida yana shunday deyilgan:
«Х.Сулаймонова» номидаги Республика суд экспертизаси Марказига суд-биология соҳаси бўйича ДНК экспертизаси тайинланган. Марказнинг 29.03.2001 йилдаги хулосасига кўра, 1987 йилда туғилган М.Туляганова, Сиз ва турмуш ўртоғингиз М.Туляганова турмушидан туғилганлиги аниқланганлиги сабабли жиноят иши қўзғатишни рад этиш ҳақида қарор қабул қилинган.
Vaholanki, mazkur DNK ekspertizasi  xulosasining 3-betida bunday deyilgan:
 При сравнительном анализе генотипов ребенка и предполагаемого отца (обьект N1) было выявлено, что локус FGA ( см. приложение N4) обьекта N3 (ребенок) состоит из аллелей 19/25, нет номеров аллелей — 23/26, присущих предполагаемому отцу Тулаганову Сабирджану, а по каждому из 9 оставшихся локусов они имеют идентичные номера. Такой результат экспертного исследования не позволяет сформулировать категорические выводы по отношению установления фактов биологического отцовства и материнства.
Men, 2-shikoyat murojaatimda, bu xatoliklarni batafsil tushintirishimga qaramasdan, unga javob yozgan, shahar prokurori B.B.Qudratxodjayev,  o`zining o`rinbosari mas’ulligida yozilgan o`sha 1-javob xatini asossiz deb topishga yoki qabul qilingan protsessual hujjatlarni bekor qilishga asoslar mavjud emasligini ma`lum qilgan.
Yani, shahar prokurori qanuniylikni himoya qilish o’rniga , qonunsizlikni himoya qilayapti. U, Sobir Rahimov tuman prokurorining 2001 yilgi, noqonuniyligi aniq ko’rinib turgan, jinoiy ish qo’zg’atishni rad etish haqidagi qarorini  ham himoya qilayapti.
 
Men, 2017 yilning 14-fevral kuni, Prezidentning virtual qabulxonasiga 65458-s/17 raqamli quyidagi 3- murojaatimni topshirdim.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Obid Zokirov ko`chasi, 8-uy, 3-xonodonda doimiy ro`yxatda bo’lgan (vaqtincha AQSh da yashayotgan)
Fizika-matematika fanlari doktori Tulyaganov Sabirdjan Tulyaganovichdan
Shikoyat-ariza
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizga 26.11.2016 sanada yozgan 113082-s/16 raqamli murojaatimda, tug`ruqxonada almashib qolgan biologic farzandimizni topishga yordam so`ragan edim.
Bu murojaatimga, Toshkent shahar prokurorining o`rinbosari Yo.Sh.Abdullayev mas`ulligida, ijrochi prokuror X.Nasirov tamonidan 08.12.16 sana bilan 15/859-16 raqamli javob xati yo`llandi.
Javob xatidan malum bo`lishicha, mening murojaatimni va ilova qilingan hujjatlarni bu ikki prokuror mutlaqo tushinishmagan. Aytganimga isbot keltirib, 02.02.2017 da virtual qabulxonangizga 47738-s/17 raqamli shikoyat-ariza topshirdim.
Shikoyatimga Toshkent shahar prokurori B.B.Qudratxodjayev mas`ulligida, yana o`sha ijrochi prokuror X.Nasirov tomonidan 2017.02.08 sanada 15/129-17 raqamli javob xati yo`llangan.
Bu xatda, avvalgi gal yuborilgan javob xati o’rinli ekani ma’lum qilingan. Biroq, bu ikkala javobda ham, murojaatimda keltirilgan birorta dalil-isbotim va so`rovlarimga  munosabat bildirilmagan, umumiy rad javobi bilan kifoyalanilgan.
Muhtaram Prezident!
Sizga yozgan murojaatim va bu murojaatimga dahldor bo`lgan prokuratura-sud qarorlari, murojaatimga ilova qilingan, “X.Sulaymonova” nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazi tomonidan 29.03.2001 yilda berilgan DNK ekspertizasi xulosasiga muhim asoslangan.
Prokurorlar Yo.Sh.Abdullayev va X.Nasirovlar takidicha:
bu ekspertiza, biz tarbiyalagan qizimiz Malika, men va ayolim nikohidan tug`ilganini ANIQLAGAN. Bu takidni, prokuror B.B.Qudratxodjayev to`g`ri deb topgan.
Men tushinishimcha esa, bu ekspertiza, qizimiz Malika bizning nikohimizdan tug`ilganini ANIQLAMAGAN.
Shu munosabat bilan, qonuniylikni va mening haq-huquqimni himoya qiluvchi hurmatli prokurorlar, mazkur masalaga aniqlik kiritib berishlarini, yani  quyidagi savolga javob berilishini so`rayman:
Respublika sud ekspertizasi Markazining 29.03.2001 yildagi DNK ekspertizasi hulosasi, 1987 yilda tug`ilgan Malika Tulyaganova,  SabirdjanTulyaganov bilan Muqaddam Tulyaganovaning turmushidan tug`ilganini ANIQLAGANMI yoki ANIQLAMAGANMI?
Umid va hurmat bilan, Sobir To`laganov.
14-fevral 2017 yil.
«Дунё ўзбеклари» учун махсус

Ўхшаш мақолалар:

  1. Криминальный мир простился с Дедом Хасаном
  2. ББС: Россияда ўзбек меҳнат муҳожири ёқиб юборилган
  3. Коллеги о Бекетове: «Химки — это как Чечня»
  4. Ироқнинг босиб олинганига ўн йил бўлди
  5. Тўлқин Қораев: Бахт энди фақат тушда (ҳикоя)
  6. Рамзан Кадыров: «Царнаевых воспитали Соединенные Штаты»
  7. Царнаевнинг қозоқ курсдошлари маҳкамага тортилган
  8. Андижон хунрезлиги қурбонларини хотирлаш маросимларининг бу йилги маркази Истанбул бўлди
  9. Би-би-си меҳмони Олимжон Тўхтаохуновга савол беринг
  10. Хосни Муборак ва унинг икки ўғли озодликдан маҳрум қилинди
  11. Самарқандда директор уялтирган ўқувчи қиз ўзини осди
  12. Қодиржон Ботировнинг ўғли Қирғизистон президентига мурожаат йўллади
МАҚОЛАНИ ДЎСТЛАР БИЛАН БАҲАМЛАШИНГ

4 комментария

  1. O'zbek:
    24/02/2017 в 07:53-

    Кизни узидан сураш кк ким билан колишини

    Ответить
  2. Tangriyor:
    23/02/2017 в 05:31-

    Нима фарқи бор фарзандингиз сиз билан яшаша ёки бошқа оилада тарбия топса? Бошқа оила ҳам ўз боласи деб билади қизини. Битта гапни деб икки оила ҳам азоб чекиб юрибди. Майли алмашса алмашган бўлсин. Лекин асосийси иккала қиз оилада-ку! Ётим ўсмади-ку меҳрга зор бўлиб!
    Ҳаммамиз Тангримнинг фарзандларимиз. Ҳамма Тангрим ҳимоясида.

    Ответить
  3. F.-m.f.d. Sobir To'laganov:
    22/02/2017 в 23:16-

    Rahmat sizgaUzbek, Siz haqsiz. Shuning uchun ham Ismat Xushev maqolalarini bo’lib-bo’lib e’lon qiladilar. Bu maqolani kamida 4 qismga bo’lib o’qish kerak. Navbatdagi murojaatimga keladigan javobni alohida e’lon qilishga harakat qilaman.

    Ответить
  4. Uzbek:
    22/02/2017 в 18:12-

    Тугрисини айтсам, жуда кийин тушунтириб езилган, сабр керак укиб чикишга

    Ответить

Leave a Comment

Фақат 500 белгигача рухсат этилади. Мақола ёки хабарларни МАҚОЛА ВА ФОТОСУРАТЛАР ЖЎНАТИШ ёки Биз билан алоқа шакли орқали жўнатинг.

Нажмите, чтобы отменить ответ.