Исмат Хушев: Торонто оқшомида ўқилган А.Орипов шеъри… (Видео)
Исмат Хушевнинг Торонто оқшомида А.Ориповдан ўқиган шеъри (Янги видео)
“Дунё ўзбеклари”дан
:2016 йилнинг 9 апрель – жума оқшомида бир гуруҳ ватандошлар билан бўлган дилкаш гурунгда – Торонтонинг энг баланд биноларидан бирининг 28 қавати балконида туриб ўқилган шеър…
“Дунё ўзбеклари” учун махсус
24 шарҳ
1 шарҳ
-
Устоз шоир Абдулла Орипов каламига мансуб шеър Исмат ХУШЕВ, калби садосидай янграган. Офарин!
Leave a Comment
Фақат 500 белгигача рухсат этилади. Мақола ёки хабарларни МАҚОЛА ВА ФОТОСУРАТЛАР ЖЎНАТИШ ёки Биз билан алоқа шакли орқали жўнатинг.
Сизга катта рахмат Исмат ака!
Тўғриси, ушбу шеърни ўқиётган пайтингиз ўз-ўзидан кўзларимга ёш қуйилиб келди. Ва сизга қараб ушбу сатрларни битдим!
КЎЗДА КУЛГУ, ҚАЛБИДА АЛАМ,
ШЕЪРЛАР ЎҚИБ ОВУТМОҚЧИДАЙ!
ВАТАН ДЕЯ ЁНГАН ЮРАКНИ,
ШУНДАЙ АЛДАБ СОВУТМОҚЧИДАЙ!
ВАТАН БИТТА, ВАТАН ЯГОНА,
ТОШКЕНТИГА ҲАЛҚИ БЕГОНА!
“ҚУЧОҚ ОЧИБ” МИРШАБИ ТУТАР,
ОЧ БЎРИДАЙ ЯМЛАМАЙ ЮТАР!
АЁЛЛАРИ ОЁҚ ОСТИДА,
МИРШАБЛАРИ ТЕПАЯПДИ-Я!
ЖАЛЛОДЛАРНИНГ ЖИНОЯТЛАРИН,
ЗАР ПАГОНЛАР ЁПАЯПТИ-Я!
Сизнинг ўқиётган шеърларингиз ВАТАНДА янграшини кутамиз!
Ismat Xushevning Toronto oqshomida she`r o`qishini ko`rib, uning Toshkentning Studentlar shaharchasi oqshomlarida she`r o`qigan damlarni esladim. Huddi kechagina bo`lgandek, o`yo. Men filfakda o`qirdim, Ismat Xushev jurfakda. Hozir ho`jayinim va bolalarim bilan Arabistonda yashaymiz. Ismat Xushev oilasi bilan Kanadada yashatdi. Biz har kuni bola chaqamiz bilan Dunyo o`zbeklari ni o`qiymiz. Bugun shu she`rni tinglab hayolimdan kechgan tuygularni qalamga oldim…
Ўзингиз ёзибсиз шекилли Исмат ака! Маънога бой қофияси ҳам жойида. Ўзини шоирман деб юрганлар сиздан шеър ёзишни ўрганса эди чакки бўлмасди.
“Дунё ўзбеклари”дан: Бу Абдулла Ориповнинг “Ўйларим” номли машҳур шеъридан бир парча эди, холос…
Ҳаммамиз ҳам йўқ жойдан шу Ватан бағдрида пайдо бўлиб, уни ерида излар қолдирдик, бу учун сўзсиз қарздормиз. Агарда одамзот ўз жонини берадиган бўлса фақат ўз Ватани учун берса арзийди. Лекин шеър ўқиш бобида ҳам Исмат ака ҳаммамизга ўрнак бўларли даражада экан. Раҳмат.
Гап йўқ! Раҳмат! Тинглаб, маза қилдик.
Ismat aka, sizno Buzgorodokda ajoyib she`rlar o`qib hammani lol qilganingizni aytishgan edilar. Mana bugun bunga o`zim ham ishonch hosil qildim. Rahmat sizha. Kam bo`lmang!
Jurnalistikada bizga o`rnak edingiz, adabiyotda ham, she`r o`qishda ham sizdan o`rganadigan tomonlar ko`p ekan. Rahmat sizga, umringiz uzoq bo`lsin. Bolalaringiz bahtini ko`ring. Sizni hor qilganlar va yurtdan quvganlar hech qachon ro`shnolik ko`rmasin.
Ismat Xushevning she`r o`qishini ko`rib, ko`zlarimga yosh keldi. Shunday zavqli va otashin yigitiarning qadriga etmagan davlat hor o`ladi…
Ofarin, Ismatjon! She`r o`qish har kimning ham qo`lidan keiavermaydi. Bunga ham alohida iste`dod kerak. Sizga yana bir bor qoyil qoldik. Ofarin, Ismatjon!!!
Ватаннинг, юртингни хар бир окшоми хам сехрли ва гузал экан, бу ер эса канча чиройлик булмасин жилосиздек.
Аммо инсон хамма жойда хам Бахтли була олади. Истедод эгаси Исмат ХУШЕВ!
afsus ushbu saytdagi video va audio fayllarni ko’rib eshitishni imkoni yo’q . Chunki faqat Mobil versiyadan kiraman. Kompyuter dagi internetdan qancha urinmay kirishni imkoni yo’q. sizlardan Iltimos agar proxy server bo’lsa yozib yuboringizlar. masalan ozodlik radiosi saytiga ham bizda tosiq qoyilgan lekin dovon.info bilan bemalol kiramiz. Ismat aka Iltimos bo’lsa yozib yuboring.
Юрагимни эзвордийиз, Исмат ака, мен хам йиғлаб эшиттим. Уйни, аяжоним билан дадажонимни жуда соғиндим…
Islom Karimovday ulug zotning qadriga etmaganing uchun chet ellarda hor bo`lib, Vataningga zor bo`lib yuraver. Bu ham hali kam senga!
O`z yurtiga sigmagan talant…
Mening she`rlarimni sevibsan, Ismat.
She`rlarim nomidan senga ko`p rahmat.
Sira ko`rma alam, sira ko`rma gam,
Olamda qanoting yozib yur, bolam.
Doim oshno bo`lgin samimiyatga,
Shunda rahmat deymiz biz ham Ismatga.
Shu gaplarni aytdi tavakkal, bashang
Qashqa vohasidan Abdulla akang…
Abdulla akaning mana shu she`rini topib sizga yobordim. Bu sherga munosib inson ekansiz. Biz siz bilan fahrlanamiz. Bahtimizga doim sog bo`ling.
Muhammad Yoqub to`gri yozgan: Siz o`z dardlaringizni yashirib she`r o`qisangiz ham, ovozingizdagi mung uni bildirib turibdi…
Qanday bahtli odamsiz. Chet elda ham ruhingiz tetik, ko`tarinki, sizga juda havasim keldi, Ismat aka. Biz vatanda bo`lsak ham, ruhsiz va orzusiz bir amallab yashab yuribmiz…
Yoshligingizda qizlarning hayolini o`firlab yorganingizga endi ishondim…
Abdulla Oripov, Muhammadjon Rahmonov, Sirojiddan va Mirzolar sizga atab bejiz she`r yozmagan ekanlar-da. Siz ham ulardan qolishmaysiz she`r o`qishda. Tinglab, qoyil bo`ldim…
Bugun oilangiz va bolalaringizga yana bir bor havas qildim, Ismat aka. Qanday bahtli ular sizday dadalari bor…
Sizni ko`rib, she`r o`qishinhizni tinglab, yuragim to`lqinlanib ketdi. Sizni chin yurakdan yaxshi ko`ramiz…
Sizday toza ko`ngil, she`rparast yigitlarning qadriga etmaganlar hor bo`lsin…
Яшанг. Йиглавордим тасирли укибсиз рахмат